Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda “Bilimdon vatanparvar” fan olimpiadasining respublika bosqichi yakunlandi
20:18 / 2020-02-24

Ishtirokchilar harbiylar tomonidan namoyish etilgan harbiy qurol-aslahalar koʻrgazmasi bilan tanishdi.


Andijon shahridagi viloyat Yoshlar markazida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar, Mudofaa vazirliklari, Milliy gvardiya tasarrufidagi “Temurbeklar maktabi” hamda akademik litseylar oʻquvchilari oʻrtasida “Bilimdon vatanparvar” fan olimpiadasining mamlakat bosqichi boʻlib oʻtdi.

Ishtirokchilar harbiylar tomonidan namoyish etilgan harbiy qurol-aslahalar koʻrgazmasi bilan tanishdi. Oʻtkazilgan fan olimpiadasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda mamlakatimizning barcha viloyatlardan turli yoʻnalishlar boʻyicha 18 jamoa tarkibida 162 nafardan ziyod oʻquvchi ishtirok etib, tarix, matematika, fizika fanlari boʻyicha oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazdi.

Qizgʻin oʻtgan olimpiadaning yakuniy natijalariga koʻra, Samarqand viloyati vakili Shohjahon Shukurov tarix, Toshkent shahri vakili Shahboz Suvonov fizika, Buxoro viloyati vakili Azizbek Habibov matematika fani boʻyicha 1-oʻrinni egalladi.

– Ushbu olimpiada bilimlarimizni yana bir bor sinovdan oʻtkazdi, – deydi gʻoliblardan biri, buxorolik Azizbek Habibov. – Olimpiadaga jiddiy tayyorgarlik koʻrgan edim, shu bois ham gʻoliblar qatoridan joy oldim. Qolaversa, ushbu muvaffaqiyat zimmamga yana-da katta masʼuliyat yuklaydi, yana-da faol boʻlishga undaydi.

Gʻolib va sovrindorlar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.