English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda arzonlashtirilgan bayramoldi savdo yarmarkalari ish boshladi
18:24 / 2023-08-28

Mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayrami arafasida viloyat hokimligi tashabbusi bilan Andijon shahri hamda viloyatning barcha tuman va shaharlari markazlarida arzonlashtirilgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdo yarmarkalari tashkil etildi.

Andijon shaharidagi 14 ta mahalla guzari hamda barcha tuman, shahar markazlarida ish boshlagan savdo yarmarkalari rastalaridan “Andijon viloyat bozorlari va savdo majmualari” uyushmasi, “Andijongo‘shtsutsavdo”, “Andijonbaliq” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari, viloyatdagi agrofirmalar, parrandachilik korxonalari, savdo tashkilotlari mahsulotlari, shuningdek, fermer xo‘jaliklari hamda dehqonlar tomonidan yetishtirilgan, ishlab chiqarilgan meva-sabzavotlar, oziq-ovqat va poliz mahsulotlari o‘rin olgan.  

– Mahallamiz guzarida tashkil etilgan yarmarkada 50 yaqin turdagi qishloq xo‘jaligi, poliz, oziq-ovqat mahsulotlari va sabzavotlar sotilmoqda, – deydi Andijon shahridagi “Mash’al” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, mehnat faxriysi To‘lqinjon Siddiqov. – Ayniqsa, mol, tovuq go‘shti, baliq hamda tuxum bozorga nisbatan arzon narxlarda, ham plastik kartalarga sotilayotganligidan xursandmiz.  

[gallery-13294]

Hamyurtlarimizning bayram dasturxonlari to‘kin bo‘lishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan ushbu savdo yarmarkalari shahar aholisi uchun katta qulaylik yaratmoqda. Qolaversa, savdoga qo‘yilgan mahsulotlar narxi bozordagiga nisbatan arzon. Bundan tashqari, namunali xizmat ko‘rsatilishi, plastik kartalar orqali ham savdolarning yo‘lga qo‘yilganligi yurtdoshlarimizga manzur bo‘lmoqda.

Xalqimizning eng aziz,  eng ulug‘ ayyomi –  Mustaqillik bayrami munosabati bilan tashkil etilgan arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari savdo yarmarkalari aholiga qulaylik yaratish bilan birga, ularning turmush farovonligini oshirish, xalqimiz dasturxoni to‘kinligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.  

F. UBAYDULLAEV, Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA