Andijonda aralash jang san’ati bo‘yicha yirik musobaqa o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Andijon shahridagi “Universal” sport majmuasida Andijon viloyati hokimi sovrini uchun professionallar o‘rtasida aralash jang san’ati (MMA) bo‘yicha yirik sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan jangchilar bilan bir qatorda, xorijiy davlatlardan kelgan sportchilar ham ishtirok etib, o‘z mahoratini namoyon etdilar.
[gallery-25457]
Bellashuvlar turli vazn toifalari bo‘yicha tashkil etildi. Jangchilar kuch, chidamlilik va mahoratini sinovdan o‘tkazdi. Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA