Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda aholi xonadonlariga quyosh panellari o‘rnatilmoqda
16:31 / 2022-12-15

Mamlakatimizda keyingi yillarda iqtisodiyot tarmoqlarini, ijtimoiy soha ob’ektlarini, aholi xonadonlarini energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash, mavjud energiya resurslarini tejash, ulardan oqilona foydalanish, ayniqsa, muqobil energiya turlaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Shunga qaramasdan yurtimizdan energiyaga bo‘lgan talabning yuqoriligi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslik, mazkur yo‘nalishga ilg‘or, innovatsion texnologiyalarni joriy etish borasidagi ishlar yetarli darajada olib borilmayotganligi iqtisodiyotimizni barqaror rivojlanishi yo‘lida qator muammolar yuzaga kelmoqda.

Ana shu mavjud muammolarni bartaraf etish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga yuqori natijaga erishish imkonini beradigan, samarali va ekologik jihatdan toza texnologiyalarni joriy etish orqali tabiiy va energiya resurslaridan foydalanish usullarini tubdan o‘zgartirishni taqozo etadi.

Ana shundan kelib chiqib Andijon viloyatida ham elektr energiyasi sarfini kamaytirish, muqobil energiya jihozlarini keng joriy etish orqali hududlarda ijtimoiy soha ob’ektlari, xususan, aholi xonadonlarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida e’tiborga molik ishlar olib borilmoqda.

[gallery-9977]

Jumladan, keyingi ikki oy ichida viloyatdagi aksariyat korxona, tashkilot, muassasalar hamda ko‘p qavatli uylar, aholi xonadonlarining kirish qismlariga sensorli, energiya tejovchi datchikli lampalar o‘rnatilganligi energiya sarfini tejash imkonini bermoqda. Bundan tashqari, aholi xonadonlariga "Yashil kredit" loyihasi doirasida quyosh panellarining o‘rnatilayotganligi bu boradagi ishlar samaradorligini yanada oshirmoqda.

“Yashil kredit” loyihasi asosida Izboskan tumanidagi 34 ta mahalla fuqarolar yig‘ini raisiga namuna tariqasida quyosh panellari topshirildi.

– “Yashil kredit” asosida o‘rnatib berilgan quyosh paneli xonadonimizda elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolarni butunlay bartaraf etadi, – deydi Izboskan tumanidagi Qorayantoq mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Marhabo Mo‘minova. – Endi uyimizda uzluksiz ravishda elektr energiyasi bo‘ladi, elektr energiyasini tejash ishiga oz bo‘lsa-da hissa qo‘shaman, eng asosiysi, yer, mulk solig‘ini to‘lashda qator imtiyozlarga ega bo‘laman.

Tumanda har jihatdan qulay, foydali va xavfsiz bo‘lgan quyosh panellarini aholi xonadonlariga o‘rnatish ishlari tizimli ravishda amalga oshirilishi belgilab olindi.

F. UBAYDULLAEV, Z. UMRZOQOV (foto), O‘zA