Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda 9 ming 755 nafar ishsiz fuqaro kasb-hunarga o‘qitildi
17:35 / 2024-02-14

Prezident topshirig‘i –amalda

Prezidentimiz o‘tgan yilning fevralida Andijon viloyatiga tashrifi doirasida Andijon tumanidagi Saddatagi mahallasida bo‘lib, aholi turmushi bilan yaqindan tanishgan, ishsiz odamlarni kasb-hunarga o‘qitish, mahallalarda ijtimoiy va tadbirkorlik infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha vazifalar belgilab bergan edi. 

Ana shu vazifalardan kelib chiqib, viloyatda 2023 yil davomida aholini kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirildi. 

Mahallalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar, fuqarolar bilan muloqotlar jarayonida ishsiz, lekin kasb-hunar o‘rganishga ishtiyoqi bor aholi vakillarining ro‘yxati shakllantirildi. 

[gallery-15964]

Kasb-hunar o‘rganishga ishtiyoqi bor ishsiz aholi vakillarini kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlar tizimli tashkil etildi, mavjud o‘qitish quvvatlaridan to‘laqonli foydalanildi. Natijada yakunlangan yil davomida viloyatdagi kasb-hunar egallash istagi bo‘lgan 9 ming 755 nafar ishsiz fuqaro kasb-hunarga o‘qitildi. 

Kasb-hunarga o‘qiganlarning 5 ming 900 nafarini ayollar, 3 ming 700 nafarini yoshlar, 155 nafarini nogironlar tashkil etdi. O‘quv kursini tamomlaganlarning 4 ming 775 nafari ish bilan ta’minlandi. Ularning 3 ming 600 nafari doimiy ishlarga joylashtirildi, 1 ming 100 nafari turli kasb yo‘nalishlarida o‘zini o‘zi band qildi, 75 nafari esa tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. 

Ishsiz aholi vakillarini kasb-hunarlarga o‘qitish va bandligini ta’minlash borasidagi ishlar reja asosida davom ettirilmoqda. 2024 yilda belgilangan dastur doirasida 19,5 ming nafar fuqaroni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash rejalashtirilgan.

F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari