Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda 7 ming 772 nafar ishsiz fuqaro kasb-hunarga o‘qitildi
23:58 / 2023-12-10

Prezident topshirig‘i – amalda

Prezidentimiz joriy yil 1 fevralda Andijon viloyatiga tashrifi doirasida Andijon tumanidagi Sadda tagi mahallasida bo‘lib, aholi turmushi bilan yaqindan tanishgan, ishsiz odamlarni kasb-hunarga o‘qitish, mahallalarda ijtimoiy va tadbirkorlik infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha vazifalar belgilab bergan edi.  

Ana shu vazifalardan kelib chiqib, viloyatda joriy yilning o‘tgan davrida aholini kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.  

Mahallalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar, fuqarolar bilan muloqotlar jarayonida ishsiz, lekin kasb-hunar o‘rganishga ishtiyoqi bor aholi vakillarining ro‘yxatlari shakllantirildi.  

O‘tgan davr mobaynida ishsiz aholini kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlar tizimli tashkil etildi, mavjud o‘qitish quvvatlaridan to‘laqonli foydalanildi. Natijada joriy yil yanvar-oktyabr oylarida tuman va shaharlar bo‘yicha o‘qish, kasb-hunar egallash istagi bo‘lgan 7 ming 772 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qitildi.  

Kasb-hunarga o‘qitilganlarning 2 ming 995 nafarini yoshlar, 4 ming 907 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi. Shuningdek, ularning 10 nafari “Temir daftar”da, 119 nafari “Yoshlar daftari”da, 138 nafari “Ayollar daftari”da turuvchi ishsiz fuqarolar bo‘ldi.  

[gallery-14997]

O‘qishni tamomlab, kasb-hunar o‘rgangan 4 ming 647 nafar fuqaroning 3 ming 877 nafari yoki 87 foiz bitiruvchining bandligi ta’minlandi. Jumladan, 2 ming 810 nafar fuqaro korxona, tashkilot va muassasalardagi bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashtirildi, 1 ming 5 nafar fuqaro o‘z-o‘zini band qildi, 62 nafar fuqaro esa yakka tartibdagi tadbirkor sifatida o‘z biznesini yo‘lga qo‘ydi.  

Ishsiz aholi vakillarini kasb-hunarlarga o‘qitish va bandligini ta’minlash borasidagi ishlar reja asosida davom ettirilmoqda.  

F. Ubaydullayev,

Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari