Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda 51 bolaning sunnat to‘yi o‘tkazildi
17:23 / 2019-11-26

Andijon shahar hokimligi, shahar Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda qator tashkilotlar hamkorligida shahar mahallalarida istiqomat qilayotgan oilalar 51 nafar farzandining sunnat to‘yi o‘tkazib berildi.


Andijon shahar hokimligi, shahar Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda qator tashkilotlar hamkorligida shahar mahallalarida istiqomat qilayotgan oilalar 51 nafar farzandining sunnat to‘yi o‘tkazib berildi. 

Tantanali tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ularning hayotdan rozi bo‘lib yashashini ta’minlash, jamiyatda o‘zaro hamjihatlik, mehr-oqibat, bag‘rikenglik hamda xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganini ta’kidladi. 

Kam ta’minlangan oilalar farzandlari bo‘lgan bolalarning sunnat to‘ylari milliy an’analarimiz asosida o‘tkazilgani barchaga quvonch hadya etdi, to‘y bolalar va ularning ota-onalari qutlovlardan mamnun bo‘ldi. 

– Bir necha yildan buyon meni jigar xastaligi bezovta qiladi, – deydi Birlik mahallasida yashovchi Dilobarxon Tojiboeva. – Farzandimiz Ahrorbekning xatna to‘yini o‘tkazishga hech imkon qilolmayotgan edik. Shukrki, yaxshi insonlar ko‘magi bilan o‘g‘limning sunnat to‘yi o‘tkazildi. Yurtboshimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bu kabi xayrli ishlar, mendek imkoniyati cheklangan insonlarga ko‘rsatgan e’tibor va g‘amxo‘rligidan boshim ko‘kka yetdi. 

Homiy tashkilotlar tomonidan bolalarga to‘y sarposi, ust-bosh qilib berildi, velosipedlar, boshqa esdalik sovg‘alari topshirildi. 

– Yoshim yetmishga yaqinlashib qoldi, – deydi Mustaqillikning 27 yilligi mahallasida yashovchi mehnat faxriysi Muborakxon Ilyosova. – Shuncha bolaga to‘y qilib berilgani ularning oilasiga quvonch ulashilgani demakdir. Bugun nabiram Jasurbekning ham to‘yi bo‘ldi. Biriga yetkazsa, biriga yetkaza olmay amallab tirikchilik o‘tkazayotgan 2-guruh nogironi bo‘lgan qizimning xursandchiligini aytmaysizmi? Quvonchimiz olamga sig‘maydi. Mana shunday xayrli ishlar tashkilotchilariga barcha onalar nomidan o‘z minnatdorligimni bildiraman. 

Milliy an’analarimiz qadrlangan, ezgulikka yo‘g‘rilgan bu kabi xayrli ishlar yurtdoshlarimiz qalbida mehr-oqibat, saxovat, odamiylik, ezgulik fazilatlarini, shu bilan birga, ularning ertangi kunga bo‘lgan umid va ishonchini mustahkamlamoqda. 

To‘y tantanasida Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov so‘zga chiqdi.