Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda 508,6 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi
17:20 / 2026-01-29

Davlat Kadastr agentligi hamda Kadastrlar palatasi Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan 2025 yilda amalga oshirilgan ishlar hamda joriy yildagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Ommaviy axborot vositalari, davlat, nodavlat tashkilotlari axborot xizmatlari vakillari, soha mutasaddilari ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda kadastr tizimini rivojlantirish, sohaga oid qonunlar, qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish borasida zarur ishlar olib borilayotganligi ta’kidlandi. 

Anjumanda Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi, uning tuman, shahar bo‘limlari, shuningdek, Kadastrlar palatasi viloyati boshqarmasi tomonidan 2025 yil davomida yer qonunchiligiga oid, shuningdek, murojaatlar bilan ishlash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi. 

– Boshqarma, tuman, shahar bo‘limlari mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar, yer nazorati tadbirlari davomida o‘tgan yili 7 ming 208 ta holatda 508,6 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi, – deydi Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Fayoziddin Berdiqulov. – Aniqlangan noqonuniy holatlar bo‘yicha olib borilgan ishlar natijasida jami 6 ming 529 ta qonunbuzilish holati, ya’ni 90 foizi bartaraf etildi. Shuningdek, 345 ta holat yuzasidan sud organlariga da’vo arizalari kiritildi. Qolaversa, aniqlangan 212 ta qonunbuzilish holatida jinoyat alomatlari mavjudligi sababli ularga huquqiy baho berish uchun tegishli hujjatlar prokuratura organlariga taqdim etildi.

Bundan tashqari, 2025 yil davomida 2 ming 100 ta huquqbuzarlik bo‘yicha ma’muriy jarimalar rasmiylashtirildi. 

Anjumanda “O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish yoki noqonuniy bino-inshootlar qurib olganlik ehtimoli bor deb hisoblanib, taqdim etilgan 13 ming 825 ta ob’ektning 12 ming 268 tasida yer nazorati tadbirlari o‘tkazilganligi aytib o‘tildi. 

Shuningdek, yil davomida kadastr boshqarmasiga barcha manbalar orqali 3 ming 841 ta murojaat kelib tushganligi, mazkur murojaatlarning 1 ming 835 tasi ijobiy hal etilganligi, 1 ming 557 tasiga huquqiy tushuntirishlar berilganligi, 57 tasi o‘rganish jarayonida ekanligi qayd etildi. 

Davlat kadastrlar palatasiga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha 174 ming 363 ta murojaat kelib tushgan.  Murojaatlarning 86 ming 378 tasi ijobiy hal etilib, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kadastr pasportini shakllantirish yuzasidan kelib tushgan murojaatlarga asosan 50 ming 761 ta ko‘chmas mulk ob’ektining kadastr pasporti rasmiylashtirildi.  

Anjumanda 2024 yil 5 avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonunida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida ham ma’lumotlar berildi. 

Bu boradagi ishlar viloyatning barcha tuman va shaharlarida tasdiqlangan reja-jadval asosida olib borildi. Yil yakuniga ko‘ra, 89 ming 824 ta ko‘chmas mulk ob’ektlari bo‘yicha xatlov ishlari bajarildi va ko‘chmas mulk chizmalari shakllantirildi.

Xatlovdan o‘tkazilgan 66 ming 31 ta ko‘chmas mulk ob’ekti UZKAD tizimiga migratsiya qilindi, shundan 62 ming 400 ta ko‘chmas mulk ob’ektlari tizimda faollashtirildi. Ularning 61 ming 959 tasi turar-joy, 441 tasi noturar ob’ektini tashkil etdi. 

Shuningdek, anjumanda joriy 2026 yil davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar xususida ham ma’lumotlar berildi. 

Anjumanda ommaviy axborot vositalari vakillarining mavzu hamda kadastr sohasiga oid savollariga mutasaddilar batafsil javob qaytardi. 

F.Ubaydullayev,

Z.Umrzoqov (foto), O‘zA muxbirlari