Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda 50 ming dona himoya niqobi bepul tarqatildi
11:10 / 2020-03-21

Andijonda qator korxona va muassasalar, tadbirkorlar tashabbusi bilan aholiga himoya niqoblari bepul tarqatildi.


Andijonda qator korxona va muassasalar, tadbirkorlar tashabbusi bilan aholiga himoya niqoblari bepul tarqatildi.

Viloyatdagi barcha davlat va nodavlat tashkilotlari, shuningdek, tadbirkorlar mamlakatimizda boshlangan pandemiyaga qarshi kurash chora-tadbirlarini amalga oshirish jarayonida faol ishtirok etmoqda. Jumladan, “Makro farm Andijon“ masʼuliyati cheklangan jamiyatida tayyorlangan 50 mingdan ortiq tibbiy himoya niqoblari, salfetka va zarur tibbiy vositalar Andijonning aholi gavjum maskanlari – bozorlar, markaziy koʻchalar, vokzal, avtoshohbekat, kasalxona va mahalla guzarlarida aholiga bepul tarqatildi.

— El boshiga tashvish tushganda odamlarga koʻmak berish xalqimizga xos fazilat, — deydi “Makro farm Andijon“ masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Juratbek Quvatov. — Bepul tarqatilgan himoya niqoblari koronavirus infeksiyasi yuqishi, tarqalishining oldini olishga yordam beradi, qolaversa, xalqimiz oʻrtasidagi ahillik, hamjihatlikni yana-da mustahkamlaydi.

Bunga qadar viloyatning qator tuman va shaharlarida ham tadbirkorlar, xususiy dorixonalar egalari, saxovatli insonlar tomonidan bu kabi xayrli ishlar amalga oshirildi.

Asaka tumanidagi “Bitner” dorixonasida dori xarid qilish uchun kirgan fuqarolarga bepul himoya niqobi taqdim etilmoqda. Xonobod shahridagi “Muxlis-tekstil” trikotaj korxonasi rahbariyati tashabbusi bilan korxona ishchi-xodimlari hamda korxona joylashgan mahalla hududidagi aholi himoya niqoblari bilan bepul taʼminlandi.