Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda 43 mingdan ziyod ko‘chmas mulk ob’ektining mulkiy huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
20:50 / 2022-12-22

Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi, uning tuman, shahar bo‘limlari tomonidan kadastr sohasiga oid qonun, farmon va qarorlar ijrosini ta’minlash, tizimda olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, ayniqsa, ko‘chmas mulk ob’ektlari, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Joriy yilning 11 oyi davomida Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan 48 ming 992 ta ko‘chmas mulk ob’ektining kadastr pasportlari shakllantirilib, 43 ming 353 ta ko‘chmas mulk ob’ektining mulkiy huquqlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.  

Shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk ob’ektlari to‘g‘risidagi yagona elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish maqsadida o‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra, 2022 yil 1 yanvar holatiga 687 ming 711 ta ob’ektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar idoralararo integratsiyalashgan “Ko‘chmas mulk-3” dasturiga kiritilgan edi. Joriy yilning 1 dekabriga kelib, avval ma’lumotlar bazasiga kiritilmagan 17 ming 474 ta ob’ekt aniqlanib, jami 705 ming 185 ta ko‘chmas mulk ob’ekti to‘g‘risidagi ma’lumotlar idoralararo integratsiyalashgan “Ko‘chmas mulk-3” dasturiga kiritildi.  

Bundan tashqari, 246,35 gektar yer maydonlarida, umumiy qiymati 855 million 546 ming so‘mlik topografik-geodezik ishlar amalga oshirildi. 

Yuridik va jismoniy shaxslarga tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun jami 4 ming 974 bo‘sh yer uchastkalari “Yerelektron” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritildi. Shundan 2 ming 568 ta bo‘sh yer uchastkasi auksion savdolariga chiqarilib 430 ta bo‘sh yer uchastkasi auksion savdolari orqali sotildi.

Shuningdek,  287 ming 576 gektarni tashkil etgan 77 ming 761 ta qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydoni to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Uzkad” elektron platformasi orqali hisobga olindi.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 noyabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida qishloq xo‘jaligida foydalanishga mo‘ljallangan yer maydonining 99,3 foiziga bo‘lgan mulkiy huquqlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazib berildi.  

Saydullo Saidov,  

Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi  

boshlig‘i o‘rinbosari.  

O‘zA