Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda 24 ming 373 nafar qarzdor fuqaroning horijga chiqishi vaqtinchalik cheklandi
17:34 / 2021-07-15

Majburiy ijro byurosi Andijon valoyat boshqarmasi, uning shahar, tuman bo‘limlari tomonidan aliment bilan bog‘liq ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida zarur ishlar olib borilmoqda.

Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi Matbuot xizmatining ma’lumotiga  ko‘ra, boshqarma Qidiruv sho‘’basi tomonidan joriy yilning o‘tgan 6 oydavomida viloyatda yashovchi 24 ming 373 nafar qarzdor fuqaroning xorijga chiqishiga vaqtinchalik taqiq qo‘yilgan. Ijro hujjatlariga asosan, ularning jami qarzdorligi 100 milliard 387 million 838 mingso‘mni tashkil etadi.

Qarzdor fuqarolarning aksariyati, ya’ni 22 ming 513 nafari aliment bo‘yicha qazdor otalardir. Ularning umumiy qarzdorligi 33 milliard 238 million 749 ming so‘mni tashkil etgan.

Har bir inson oila qurar ekan, oilaning muqaddasligi, farzandlar oldidagi mas’uliyat va javobgarlikni teran anglamog‘i zarur. Biroq,  oramizda oilasi birdamligini yo‘qotib, oilasidan voz kechib, farzandlari oldidagi burchlarini unutib qo‘yayotgan otalarning borligi barchamizni qattiq tashvishga solishi kerak.

O‘tgan olti oy davomida qidiruvda bo‘lgan 846 nafar qarzdor fuqarodan, shundan 168 tasi aliment qarzi bo‘yicha otalar topilib, ularga tegishli choralar ko‘rilgan. Qidiruv natijasida topilgan fuqarolardan 265 million 300 ming so‘m miqdordagi qarzdorlik undirilgan.

Egasining qarzdorligi bo‘yicha qidiruvga berilgan 317 ta avtomototransport vositalaridan 130 tasi topilib, ulardan 4 milliard 83 mlillion 500 ming so‘m miqdordagi qarzdorlik undirildi.

Umuman, Andijon viloyatida joriy yilning birinchi yarmida 24 ming 373 nafar qarzdor fuqaroning xorijga chiqishiga vaqtinchalik taqiq qo‘yildi.

MIB xodimlari tomonidan bu borada olib borilgan ishlar doirasida viloyatdagi aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lamasdan kelayotgan 416 nafar qarzdor otama’muriy javobgarlikka tortilib, 18 nafariga nisbatan jinoyi ish qo‘zg‘atildi.

Har bir ota voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun mas’ul va majbur, farzandi taqdiriga ham qonunlar, ham shariat talablari, qolaversa, insoniylik yuzasidan ham mas’ul  ekanliklarini aslo unutmasligi kerak. Aks holda ular qonun oldida albatta, javob beradi.  

 

 

 

F. UBAYDULLAEV, O‘zA