Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda 24/7 ishlaydigan ko‘cha ochildi
11:51 / 2025-12-31

FOTOREPORTAJ

Yangi yil bayrami arafasida Andijon shahrining O‘rikzor mahallasida joylashgan Mashrab ko‘chasi to‘liq yangilanib, 24/7 tartibida faoliyat yuritadigan gastronomik, turizm va savdo-servis ko‘chasi sifatida foydalanishga topshirildi.

Ushbu ko‘chani barpo etishga 12 milliard so‘m investitsiya yo‘naltirilib, bu yerda 50 ta savdo, xizmat ko‘rsatish va ovqatlanish ob’ektlari tashkil etildi. Natijada 120 nafar fuqaro doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi.

[gallery-26977]

Tungi vaqtda ayniqsa, yorqin chiroqlar, zamonaviy infratuzilma va bayramona kayfiyat ko‘chani yanada jozibali qiladi. Yangi yil arafasida bu yerda konsert dasturlari tashkil etilib, andijonliklar va shahar mehmonlariga ko‘tarinki kayfiyat ulashmoqda.

Yangi ko‘chaning ochilishi nafaqat aholi uchun qulaylik, balki shahar qiyofasini yanada obod etish, mahalliy iqtisodiyotni jonlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. 

Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA