Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda 2 ming 56 ta ehtiyojmand oilaga yordam ko‘rsatildi
06:50 / 2022-07-09

Bugun yurtdoshlarimiz Qurbon hayiti bayramini yuqori ko‘tarinkilik bilan nishonlamoqda. Sir emaski, keyingi yillarda mamlakatimizda fuqarolarning emin-erkin ibodat qilishlari, musulmonlarning o‘z zimmalaridagi diniy arkonlarni bekamu ko‘st ado etishlari uchun zarur barcha sharoitlar yaratildi, minglab yurtdoshlarimiz umra, haj ziyoratlarini ado etmoqda.

Prezidentimizning joriy yil 1 iyuldagi “Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorida mamlakatimizda hayit bayramini yuqori darajada, xalqimizning milliy va diniy qadriyatlariga mos ravishda o‘tishini ta’minlash uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan vazifalar belgilangan. Mazkur qaror ijrosi doirasida “Mahalla” xayriya jamoat fondi Andijon viloyati bo‘limi huzurida tashkil etilgan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi, uning tuman, shahar bo‘liinmalari tomonidan e’tiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda.

Xalqimiz uchun ezgulik, muruvvat va saxovat oyi hisoblangan ushbu qutlug‘ kunlarda ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi, ayniqsa, saxovat tadbirlari doirasida juda ko‘p nogiron, yakka yolg‘iz yashovchi hamda kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olinib, ularga moddiy yordam ko‘rsatildi.

Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi, uning tuman va shahar bo‘linmalari tomonidan 1 ming 666 ta ehtiyojmand, kam ta’minlangan oilaga 340 million 360 ming so‘m miqdorida 10 turdagi (o‘simlik yog‘i, go‘sht, guruch, sabzi, choy, makaron, tuz, un, tuxum va xakozo) oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek,  390 ta oilaga 500 ming so‘mdan naqd pul tarqatildi. Bundan tashqari, Andijon tumanidagi “Bo‘taqara muruvvat” uyiga 6 million so‘mlik yotoq choyshablari taqdim etildi.

Bu kabi xayriya va saxovat tadbirlari viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida tashkil etildi. Masalan, Qo‘rg‘ontepa tumanidagi chekka va olis hududlarda istiqomat qiluvchi 30 ta ehtiyojmand oila yo‘qlanib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

Ayniqsa, Izboskan tumanida yashovchi, yuz yoshga yaqinlashayotgan Rahimaxon ona Qoratoyeva holidan xabar olinganida, u hukumatimizdan, mana shunday xayrli ishlarga bosh-qosh bo‘lgan insonlardan behad mamnun bo‘lib, ularning haqqiga duolar qildi. Shuningdek, kam ta’minlangan oilalar ro‘yxatida turuvchi Tursinoy Mirzaqulova oilasiga berilgan ko‘makdan oila vakillari behad xursand bo‘ldi.

Qurbon hayiti munosabati bilan o‘tkazilayotgan xayriya va saxovat tadbirlari davom etmoqda.

 

Baxtiyorjon Tursunov, 
“Mahalla” xayriya jamoat fondi 
Andijon viloyati bo‘limi  
boshqaruvi raisi

O‘zA