French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda 1 ming 790 kilometr avtomobil yo‘lining kadastr pasporti tayyorlandi
14:37 / 2022-11-16

Kadastr agentligi, Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari, tuman, shahar bo‘limlari tomonidan kadastr sohasiga oid qonun, farmon va qarorlar ijrosini ta’minlash, tizimda olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, ayniqsa, yerlarning hisobini yuritish, yerlardan samarali foydalanish, kadastr hujjatlarini tayyorlash, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Prezidentimizning joriy yil 20 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorida yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning to‘liq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlash, yer va kadastr sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish, sohada yangi standartlarni joriy qilish, shuningdek, irrigatsiya va melioratsiya ob’ektlari hamda avtomobil yo‘llarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosi doirasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirga qadar viloyat hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatga ega hamda umumfoydalanishda bo‘lgan avtomobil yo‘llarining kadastr pasportlari tayyorlanib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.  

– Mutaxassislarimiz tomonidan viloyat hududidagi 2 ming 463 kilometr avtomobil yo‘lidan 1 ming 790 kilometr qismining kadastr pasporti tayyorlanib, belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, – deydi Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Saydullo Saidov. – Avtomobil yo‘llarining qolgan 673 kilometr qismining pasportlari joriy yil yakuniga qadar shakllantirilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.  

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan avtomobil yo‘llari hududlar kesimida Andijon tumani (223 km.), Asaka tumani (201 km.), Baliqchi tumani (20 km.), Buloqboshi tumani (7 km.), Bo‘ston tumani (138 km.), Jalaquduq, Izboskan tumanlari (166 km.), Oltinko‘l tumani (156 km.) va Paxtaobod tumani (160 km.) hissasiga to‘g‘ri keldi. Viloyatda avtomobil yo‘llarining pasportini tayyorlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.  

F. UBAYDULLAEV,

Z. UMRZOQOV (surat),O‘zA