FOTOREPORTAJ
Ona tabiatni asrash, uni boyitish – butun insoniyat oldidagi muhim vazifa hisoblanadi. Har bir jamiyatning obod bo‘lishi, avvalo shu joydagi tabiatning, ekologiyaning sofligi va boyligiga tayanadi. Ma’lumki, Davlatimiz rahbari tomonidan yurtimiz ekologiyasini yanada boyitish maqsadiga qaratilgan qator tashabbuslar ilgari surilmoqda. “Yashil makon” umummilliy harakati ham shular jumlasidandir.
Mazkur harakat doirasida tashkil etilgan navbatdagi aksiyada Andijon shahar hokimligi, sektorlar rahbarlari hamda shaharda faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot va muassasalar, milliy gvardiya xodimlari, nuroniylar, yoshlar ishtirok etdi.
[gallery-10990]
Aksiya davomida Andijon shahri “Sadoqat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi bo‘sh turgan tomorqa yer maydonlariga 6 ming tupdan ziyod sakura, pavlovniya, kashtan manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Zuhriddin UMURZOQOV(surat),O‘zA