Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Andijon - Xiva - Andijon” yo‘lovchi poyezdi joriy yilning 28 sentyabr kunidan yo‘lga qo‘yiladi
10:41 / 2022-09-26

O‘zbekiston temir yo‘llari AJ Axborot xizmati xabar berishicha, joriy yilning 29 sentyabr kunidan boshlab har payshanba kuni “Andijon - Buxoro” yo‘lovchi poyezdining harakat yo‘nalishi Urganch bekatigacha uzaytiriladi.

Prezident topshirig‘ini bajarish maqsadida Farg‘ona vodiysi va O‘zbekistonning boshqa viloyatlarini temir yo‘l transporti bilan uzviy bog‘lash, ichki turizmni rivojlantirish uchun qo‘shimcha 651/652-sonli “Andijon - Xiva - Andijon” yo‘lovchi poyezdi qatnovi joriy yilning 28 sentyabr kunidan yo‘lga qo‘yiladi.

Joriy yilning 29 sentyabridan boshlab haftaning har payshanba kuni Andijondan harakatlanayotgan “Andijon - Buxoro” yo‘lovchi poyezdining harakat yo‘nalishi Urganch bekatigacha uzaytirildi.

Yo‘lovchi poyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi. Unga ko‘ra, 651/652-sonli “Andijon - Xiva - Andijon” yo‘lovchi poyezdi 2022 yilning 28 sentyabr – haftaning chorshanba kunidan boshlab Andijondan, 2022 yilning 29 sentyabr haftaning payshanba kunidan boshlab Xivadan jo‘naydi.

391/392-sonli “Andijon - Urganch - Andijon” yo‘lovchi poyezdi harakati 2022 yil 29 sentyabrdan haftaning payshanba kuni Andijondan va haftaning juma kunidan boshlab Urganch bekatidan harakatlanadi.


O‘zA