Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijon viloyatida yangi yil kechasi 97 nafar chaqaloq dunyoga keldi
19:42 / 2024-01-01

Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yangi yil bayrami kechasi Andijon viloyatida 97 nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Chaqaloqlar va onalarining salomatligi bo‘yicha salbiy holatlar kuzatilmagan.

Yangi - 2024 yil 1 yanvar kuni soat 00:05 da Izboskan tumani To‘rtko‘l qishlog‘ida yashovchi fuqaro Odinaxon Meliboyeva birinchi chaqaloq – o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi. 

Yangi chaqaloq 3,4 kilogram vaznda tug‘ilgan. Ona va bolaning sog‘ligi juda yaxshi holatda ekanligi qayd etilgan. 

F. Ubaydullayev, O‘zA