Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijon viloyatida ikkita oliygoh tashkil etiladi
06:00 / 2022-02-25

Prezidentimizning joriy yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” gi farmoni asosida ishlab chiqilgan “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturidan kelib chiqib Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi hamda 2022 yilda uning ijrosini ta’minlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.

Mazkur hujjatga asosan, joriy yilda viloyatda ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan qator ishlarni amalga oshirish belgilangan. Jumladan, joriy yilda viloyatda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar qamrovini 75 foizdan 82 foizga yetkazish maqsadida 1 ta yangi davlat, 14 ta davlat-xususiy sheriklik, 306 ta oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etiladi, 17 ta davlat MTTlari rekonstruksiya qilinadi.  
Maktablarni moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida 3 ta yangi maktab quriladi, 19 tasi rekonstruksiya va kapital ta’mirlanadi. Natijada 7 mingdan ortiq yangi o‘quv o‘rinlari yaratiladi. 

[gallery-5889]

Viloyatda 2 ta xususiy oliygoh – Hindistonning Glokal universiteti filiali hamda Samo klaster innovatsion texnologiyalar instituti tashkil etiladi. Talabalarni turar-joy bilan ta’minlash maqsadida qo‘shimcha 1 ming 600 o‘rinli 4 ta yangi talabalar yotoqxonasi barpo etiladi.  
Tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida 4 ta yangi oilaviy poliklinika, 9 ta mahallada oilaviy shifokorlik punkti tashkil etiladi. Viloyatdagi 6 ta tibbiyot muassasasida qurilish-ta’mirlash hamda jihozlash ishlari bajariladi. 
Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi to‘liq rekonstruksiya qilinib, uning negizida vodiy aholisi uchun murakkab jarrohlik amaliyotlari o‘tkaziladigan Tibbiyot markazi tashkil etiladi. Bundan tashqari, Hindiston Respublikasi bilan hamkorlikda kardiologiya markazi tashkil etiladi.  
Belgilangan yuqoridagi ishlarning amalga oshirilishi maktabgacha ta’lim, ta’lim, oliy ta’lim tizimlari imkoniyatlarini yanada kengaytiradi, shuningdek, aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat sifatini hamda aholining turmush farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi.  

 

F. UBAYDULLAEV, 
Z. UMRZOQOV (surat), 
O‘zA