Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijon viloyatida erkin va maxsus iqtisodiy zonalaridagi yer uchastkalari auksion savdolariga chiqarilmagan
20:16 / 2024-04-14

Mamlakatimizda 766 ta sanoat zonasi faoliyat yuritmoqda. Ularning 24 tasi erkin iqtisodiy zona, 210 tasi yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi va 532 tasi kichik sanoat zonasi hisoblanadi.

Ushbu sanoat zonalarida investitsiya loyihalari uchun ajratilgan 11,9 ming gektar yer maydonining 6,4 ming gektari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.  

Xo‘sh, 2023-yilda sanoat zonalarida yer uchastkalarining ijara huquqi asosidagi elektron onlayn auksion savdosi qanday natijalar berdi?

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ekspertlarining erkin va maxsus iqtisodiy zonalari bo‘yicha tahliliga ko‘ra, ushbu davrda 213 lotli 778,4 gektar yer uchastkalari 81,5 milliard so‘m boshlang‘ich narx bilan auksion savdolariga chiqarilgan va 101,2 milliard so‘mga sotilgan. Bunda Toshkent va Samarqand viloyatlarida eng ko‘p yer uchastkalari sotilgan bo‘lsa, Andijon viloyatida esa yer auksion savdolariga chiqarilmagan.

Shuningdek, 532 ta kichik sanoat zonasi hududidan 2 ming 821 ta lotdan iborat maydoni 604,2 gektar bo‘lgan yer uchastkalari auksion savdolariga chiqarilgan. Shundan 1 ming 541 ta lot 85,8 milliard so‘mga auksionda sotilgan.

Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari tahliliga ko‘ra, 1 ming 71 ta lotdan iborat va maydoni 82,6 gektar bo‘lgan yer uchastkalari 23,2 milliard so‘m boshlang‘ich narx bilan auksion savdolariga chiqarilgan. Shundan 527 ta lot 15,3 milliard so‘mga sotilgan. Auksion savdolariga eng ko‘p yer uchastkalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro viloyatlarida chiqarilgan bo‘lsa, Andijon va Namangan viloyatlarida yer uchastkalari auksion savdolariga chiqarilmagan.

N. Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA