Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijon viloyatida 11 ming 622 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz berdi
19:56 / 2023-07-04

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2023 yil 20 iyundagi 1299- sonli qaroriga muvofiq muddatidan oldin ovoz berish joriy yilning 28 iyun kuni boshlanib, 5 iyul kuni yakunlanishi belgilangan.

Qonunchiligimizda belgilangan ana shu tartibdan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 2- Andijon okrugi tasarrufidagi saylov uchastkalarida muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari davom etmoqda.  

– Saylov uchastkamizga hududimizdagi mahallalarda istiqomat qiluvchi xizmat safariga, sayohatga yoki davolanishga ketayotganligi tufayli saylov kuni ovoz berish imkoniga ega bo‘lmagan 50 nafardan ortiq fuqaro muddatidan oldin ovoz berish bo‘yicha murojaat qildi, – deydi Andijon shahridagi 50- uchastka saylov komissiyasi raisi Nortojixon Eraliyeva. – Ularga muddatidan oldin ovoz berish haqida tushunchalar berildi hamda qonun doirasida ovoz berishlari uchun zarur sharoitlar yaratildi.  

[gallery-12592]

– Davolanish uchun qo‘shni viloyatga sihatgohga ketayotganligim sababli saylov kuni ovoz berishda ishtirok eta olmayman, – deydi  Andijon shahridagi Ma’rifat mahallasida yashovchi Ra’noxon Muhammedova. – O‘zim yashaydigan hududdagi 50- saylov uchastkasiga kelib komissiya a’zolariga murojaat qildim, ular menga qonunlar doirasida muddatidan oldin ovoz berish imkonini yaratib berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 2- Andijon okrug saylov komissiyasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil 4 iyulga qadar viloyatdagi saylov uchastkalarida 11 ming 622 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz berdi.  

F. UBAYDULLAEV, Z. UMRZOQOV (foto), O‘zA