English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijon viloyati yuridik texnikumi 5 yoshda
08:20 / 2023-06-07

FOTOREPORTAJ

Andijon viloyati yuridik texnikumi tashkil etilganligining 5 yilligi sarhisobiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Ma’lumki, Adliya organlari faoliyati haqida keng jamoatchilikka muhim axborotlar berish, ularning huquqiy ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashga qaratilgan “Ochiq adliya” (“Open Justice”) ijtimoiy dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda asosan hududiy adliya organlari tomonidan bajarilgan ishlar yuzasidan OAV vakillariga hisobot berish amaliyoti yo‘l qo‘yilgan. Bugungi matbuot anjumani mazkur dastur ijrosini ta’minlash maqsadiga qaratilgan.  

[gallery-12235]

Viloyatda yuridik sohada ta’lim beruvchi yagona ta’lim muassasasi hisoblangan mazkur texnikum Prezidentimizning 2018 yil 13 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaroriga asosan dastlab yuridik kollej sifatida tashkil etilgan. 2020 yilda davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga asosan texnikumga aylantirilgan.

Tadbirda ta’kidlanganidek, o‘tgan 5 yil mobaynida texnikumni jami 543 nafar o‘quvchi tamomlagan bo‘lib, hozirgi kunda bitiruvchilarning 60 foizidan ortig‘i adliya va FHDYO bo‘limlari, Davlat xizmatlari markazlari, sudlar hamda majburiy ijro byurosi bo‘limlarida inspektor, ish yurituvchi, sudya va advokat yordamchisi, notarius kotibi vazifalarida ishlab kelmoqda.

Matbuot anjumanida jurnalistlarni qiziqtirgan barcha savollariga soha vakillari tomonidan batafsil javob qaytarildi.  

 

Zuhriddin UMURZOQOV(surat),O‘zA