Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijon viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
19:04 / 2021-12-21

Texnikum yotoqxonasi ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi

Andijon media ta’lim texnikumining 200 o‘rinli talabalar yotoqxonasi ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi.

Mazkur o‘quv muassasasining talabalar yotoqxonasi o‘tgan asrning 50-yillarida qurilgan bo‘lib, bugungi kunda yaroqsiz holga kelib qolgandi. Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov bir necha oy avval texnikum talabalari bilan uchrashganida talabalar yotoqxonasini ta’mirlash yuzasidan taklif bildirgan edi.

Hokim tashabbusi bilan o‘tgan qisqa davr mobaynida texnikum yotoqxonasi to‘la ta’mirdan chiqarildi. Natijada barcha sharoitlarga ega, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan, oshxona, gigiyena, dam olish xonalari hamda kutubxonasi mavjud 200 o‘rinli yotoqxona talabalar ixtiyoriga topshirildi. 
Yotoqxonaning qurilish va ta’mirlash ishlari uchun 2 milliard 700 million so‘m mablag‘ sarflandi. Endilikda bu yerda talabalarning yashashi, puxta bilim olishi uchun barcha sharoitlar yaratildi.

Soliq va kadastr tizimi xodimlari o‘zaro bellashdi

Davlat soliq xizmati organlari hamda kadastr sohasi xodimlaridan tuzilgan jamoalar o‘rtasida «Zakovat» intellektual bellashuvining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

[gallery-5170]

Soha xodimlarining kasbiy bilim va malakasini oshirish, ilg‘or va faol xodimlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilayotgan bellashuvda Andijon viloyati davlat soliq xizmati organlari va kadastr sohasida faoliyat yurituvchi xodimlardan tuzilgan 23 ta jamoa belgilangan shartlar asosida g‘oliblik uchun o‘zaro bahs olib bordi.

Qiziqarli o‘tgan bellashuvning yakuniy natijalarga ko‘ra,  viloyat davlat soliq boshqarmasining «Yetakchi» jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, bellashuvning respublika bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Bellashuvda Shahrixon tumani davlat soliq inspeksiyasi jamoasiga 2- o‘rin, Qo‘rg‘ontepa tumani davlat soliq inspeksiyasi jamoasiga 3- o‘rin nasib etdi. 
Shuningdek, bellashuvda «Eng namunali ishtirokchi», «Eng faol ayol ishtirokchi» hamda «Eng faol faxriy ishtirokchi» nominatsiyalari bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.

G‘olib va sovrindorlar viloyat davlat soliq boshqarmasining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

F.Ubaydullayev, Z.Umrzoqov (surat), O‘zA