Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijon viloyati tashqi savdo aylanmasida qaysi davlatning ulushi yuqori?
12:55 / 2021-11-13

Andijon viloyati statistika boshqarmasi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-sentyabr oylarida viloyatning tashqi savdo aylanmasi 2 milliard 171,7 million AQSH dollarni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2020 yilning mos davriga nisbatan 8,6 foizga ortgan.

Jumladan, tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 629,3 million AQSH dollarni, import hajmi esa 1 milliard 542,4 million AQSH dollarni tashkil etdi.

⠀Andijon viloyatida jahonning 70 dan ortiq mamlakati bilan savdo aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Viloyat tashqi savdo aylanmasining salmoqli qismi Koreya Respublikasi (915,5 million dollar), Xitoy Xalq Respublikasi (310,9 million dollar), Qozog‘iston Respublikasi (255 million dollar), Qirg‘iz Respublikasi (230,2 million dollar), Rossiya Federatsiyasi ( 171,7 million dollar), Turkiya (65,5 million dollar), AQSH (53,9 million dollar) singari davlatlar hissasiga to‘g‘ri keldi.  

F. UBAYDULLAEV,

O‘zA