Andijon viloyati sudi raisi tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-martdagi farmoyishiga muvofiq, Mirzayev Adxamjon Akramovich – besh yil muddatga Andijon viloyat sudining raisi lavozimiga tayinlandi.
Adxamjon Akramovich Mirzayev 1981-yilda Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida tug‘ilgan.
Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar A.Mirzayev Namangan viloyat sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimida faoliyat yuritgan.
O‘zA.