Andijon viloyati soliq boshqarmasiga boshliq tayinlandi
Andijon viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Qurbonov Lochinbek Inomidinovich tayinlandi.
Lochinbek Qurbonov 1988 yilda Andijon tumanida tug‘ilgan. 2010 yilda Andijon qishloq xo‘jalik institutining iqtisodiyot yo‘nalishini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida soliq tizimida xodim, o‘rinbosar, bo‘lim boshlig‘i va boshqa qator rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Andijon shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
O‘zA