Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijon viloyati sanoati yirik korxonalarga bog‘lanib qolgan
13:51 / 2024-02-16

Xonobod shahrida  Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda.

Qayd etilganidek, Andijon viloyati sanoati yirik korxonalarga bog‘lanib qolgan. Uning 70 foizini Andijon shahri va Asakadagi mashinasozlik korxonalari berayapti. 

Viloyat eksportining 82 foizini, tayyor mahsulotlarda – 76 foizini to‘qimachilik bermoqda. Samarqand bilan bir xil miqdorda meva-sabzavot yetishtiradigan Andijon 5 barobar kam eksport qiladi. 

Mehmonxona o‘rinlarini 90 foizi ham bitta Andijon shahrida. 

Davlatimiz rahbari eskicha ishlash bilan uzoqqa borib bo‘lmasligini, hokimlar, sektor rahbarlari o‘zgarishi kerakligini qayd etdi. 

O‘zA