Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
09:53 / 2023-11-03

Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib Komilov Komiljon Sobirovich tayinlandi.

Komiljon Komilov 1980 yilda Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan. 2000 yilda Andijon qishloq xo‘jaligi institutini hamda 2002 yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini o‘qituvchilikdan boshlab, ta’lim tizimida qator rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Tayinlovga qadar u Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti rektori lavozimida ish olib borgan.

O‘zA