Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijon viloyati Bobur shahrida rassomlar festivali tashkil etiladi
10:51 / 2026-01-07

O‘zbekiston Respublikkasi Vazirlar Mahkamasi “Andijon viloyati Bobur shahrida rassomlar festivalini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, joriy 2026 yildan boshlab har ikki yilda bir marta Andijon viloyati Bobur shahrida rassomlar festivali tashkil etiladi. 

Mazkur qaror bilan: 

Andijon viloyati Bobur shahrida rassomlar festivalini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi; 

Andijon viloyati Bobur shahrida rassomlar festivalini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom; 

Andijon viloyati Bobur shahrida rassomlar festivalini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. 

Festivalning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi: 

tasviriy san’at sohasidagi ijodkorlarni, eng avvalo, yosh iste’dodlarni xalqimizning boy ma’naviy dunyosi, ozod va obod Vatan kelajagi oldidagi mas’uliyat, milliy o‘zlikni anglash g‘oyalarini tarannum etuvchi yorqin asarlar yaratishga rag‘batlantiruvchi muhit yaratish; 

soha rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan tajribali ijodkorlar, iste’dodli rassomlarni aniqlash, ularni ma’naviy hamda moddiy rag‘batlantirib borish; 

zamonaviy o‘zbek tasviriy san’atiga kirib kelayotgan yosh iste’dod egalari, turli yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatayotgan ijodkorlarning jahon san’at maydonida munosib o‘rin egallashga intilishlarini qo‘llab-quvvatlash; 

o‘zbek tasviriy san’atining turli yo‘nalishlarini yanada rivojlantirish, xalqimizning ushbu nafis san’atga bo‘lgan estetik ehtiyojini qondirish, keng yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan ijodkorlarning ijodiy imkoniyatlaridan unumli foydalanish, ularga zarur shart-sharoitlar yaratish, badiiy salohiyatini oshirish; 

xalqimizning boy madaniy merosini, tasviriy san’atimizning o‘ziga xos jihg‘atlarini xalqaro hamjamiyatga namoyish qilish, yangi tendensiyalar, zamonaviy san’atda yangi nomlar va turli yo‘nalishlar integratsiyasini amalga oshirish.

O‘zA