Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijon va Xorazm jamoalari O‘zbekiston kubogi sohibi bo‘ldi
12:53 / 2025-09-29

Urganch shahridagi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida 15 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogi bahslarida yurtimizning turli hududlaridan kelgan sportchilar g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Uch kun davomida kechgan shiddatli musobaqalar sarhisobiga ko‘ra, qiz bolalar o‘rtasida Andijon viloyati jamoasi mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, sovrinli o‘rinlar Xorazm, Jizzax va Toshkent viloyatlari jamoalariga nasib etdi.

O‘g‘il bolalar bahsida Xorazm viloyati jamoasi yetakchilikka erishdi. Keyingi pog‘onalarni Farg‘ona, Toshkent va Buxoro viloyatlari jamoalari egalladi.

Taqdirlash marosimida O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi, Xorazm viloyat sport boshqarmasi, viloyat soliq boshqarmasi mas’ullari g‘olib va sovrindorlarga qimmatbaho hamda esdalik sovg‘alarni topshirdi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA