Poytaxtimizdagi «JAR» sport-sog‘lomlashtirish majmuasida voleybol bo‘yicha ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
2-tur bellashuvlari Andijonning «ADPI» va Farg‘onaning «Tumaris» jamoalari bahsi bilan boshlandi. 1-partiyada farg‘onalik qizlar shiddatli o‘yin ko‘rsatib, andijonlik tengdoshlarini mag‘lub etdi. Ammo bu shijoat keyingi partiyalarda yetishmadi. Andijon qizlari farg‘onalik tengdoshlarini ketma-ket uch partiyada mag‘lub etib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Shuningdek, musobaqa doirasida Toshkent viloyatining «SKUF», Jizzax viloyatining «Zarbdor», Namangan viloyatining «NamDU», Ichki ishlar vazirligining «HUMO», Buxoro viloyatining «BuxDU», Qoraqalpog‘iston Respublikasining «QQR», Jizzax viloyatining «JDPU», Xorazm viloyatining «UrDU» hamda mamlakat voleybol federatsiyasining «U18» jamoalari o‘z guruhlarida bellashadi.
[gallery-18270]
Chempionatning 2-tur bahslari 19 iyulga qadar davom etadi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA