French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijon tumaniga hokim tayinlandi
17:17 / 2021-02-11

Xalq deputatlari Andijon tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Viloyat hokimining tavsiyasiga asosan, Andijon tumani hokimi lavozimiga Egamberdiyev Abdujabbor Husanovich tayinlandi.

Egamberdiyev Abdujabbor Husanovich 1974 yilda Baliqchi tumanida tug‘ilgan. 1998 yilda Andijon qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1998 yili Andijon viloyati Ulug‘nor tumani davlat soliq inspeksiyasi inspektori vazifasidan boshlagan.

Tayinlovga qadar Egamberdiyev Abdujabbor Husanovich, Andijon viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlagan.

 

F. UBAYDULLAEV, O‘zA