Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
ANDIJON TAJRIBASI: Nazariya va amaliyot bir maskanda (+video)
21:36 / 2023-02-28

O‘zbekiston Respublikasi Preziidenti Shavkat Mirziyoyev kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlarda o‘quvchilarni sohaning mutaxassisi qilib yetishtirish ustuvor vazifalardan biri deb ta’kidlagan edi. Har sohada tashabbuskor Andijonda viloyat hokimi taklifi bilan “Nazariya va amaliyot bir maskanda” degan loyiha dasturini tuzdilar. Una ko‘ra, viloyatdagi 14 ming 76 nafar o‘quvchi 249 ta yirik ish beruvchi va sanoat korxonalariga biriktirildi. Endi nafaqat nazariy, balki amaliy jarayon ham shu yerning o‘zida o‘tiladigan bo‘ldi.

– O‘quvchi endi professional ta’lim muassasiga emas, to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlab chiqarish korxonasiga keladi. Bu yerdagi maxsus o‘quv xonasida ta’lim dasturidagi barcha nazariy fanlar o‘tiladi. Tushlikdan keyin esa o‘quvchilar bevosita ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etadilar, – deydi Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish Andijon viloyat boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Isroiljon Nishonov. – Bu esa o‘quvchining ta’lim olishi, ishlashi va daromad topishidek yangi tizimni shakllantiradi.

Xo‘sh kasbiy ta’limdagi Andijon tajribasining afzalligi nimada? Buni “Best Impex Textile” misolida ko‘raylik.

Birinchidan, endi har bir ishlab chiqarish korxonasi, xizmat ko‘rsatish muassasasida o‘quv xonalari tashkil etildi. O‘quvchi nazariy bilim olishi va amaliyotni bir joyda o‘tashi bo‘lajak ishchi mutaxassisda kasbiy malaka ikki xissa tez va samarali shakllanishiga sharoit yaratildi.

Ikkinchidan, endi o‘quvchi oddiy amaliyot o‘tuvchi shogird emas, balki muayyan kasbiy darajaga ega qat’iy ish haqi oluvchiga aylandi. Bu muhim jihatlardan biri edi.

Uchinchidan, korxona, muassasa endi tashqaridan malakasiz ishchi jalb etmaydi, balki sinovdan o‘tgan, kasbiy darajaga ega, tayyor mutaxassisni qabul qiladi.

– Bu ta’lim tizimi bizga juda yoqdi. Chunki biz yarim kun o‘qib, yarim kun ishlayapmiz. Buning uchun barcha sharoitlar yaratilgan, – deydi 3-son kasb-hunar maktabi 2-bosqich o‘quvchisi Dilshoda Salahiddinova. –Ta’lim olishimiz uchun keng zamonaviy o‘quv xonalari mavjud. Mukammal dastgohlarda tikuvchilik kasbini o‘zlashtiryapmiz. Kelib ketishimizga bepul transport vositasi ajratilgan. Bundan tashqari tushligimiz ham bepul. Birinchi oyda 1 300 000 so‘m ish haqi olgan edim. Endi malakam oshib ikkinchi darajaga yetdim. Endi 2 300 000 so‘mdan ish haqi olyapman. Bundan ota-onam ham juda hursand.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/nNCRddUO-kQ" title="ANDIJON TAJRIBASI: Nazariya va amaliyot bir maskanda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Asakadagi “UZDONG WONG Co” qo‘shma korxonasida ham shu tizimda o‘quvchilar mashinasozlik yo‘nalishida kasb egallayaptilar. Ular qisqa vaqt ichida bir necha murakkab texnologik jixozlarda ishlashga o‘rgandilar va hozirda tajribali ishchilar bilan yonma-yon mehnat qilishyapti. Tabiiyki, ularning har biriga malakali ustoz – mutaxassis biriktirilgan.

– Korxonamizda 30 ta o‘quvchini qabul qilganmiz. Bu yerda ular tushgacha o‘qishadi, tushdan keyin amaliyot o‘tashadi. Kasbga qiziqishi yaxshi. Ular o‘qishni tugatgandan so‘ng 20 nafarini shu yerga ishga olmoqchimiz, – deydi korxona mutaxassisi Doniyor Mamadaliyev.

Andijon tajribasining yana bir jihati, balki eng samarador natijasi – kasbiy ta’lim muassasa o‘quvchilarining kafolatlangan ish o‘rni bilan ta’minlanishidir. Balki shu jihat ham o‘quvchilar davomatidagi yuz foizlik natijaga ta’sir ko‘rsatayotgandir. Ilgarichi, dersiz.

– Ilgarilari haqiqatdan ta’lim muassasalariga o‘quvchilarning qatnash davomat ko‘rsatkichi past bo‘lgan. O‘qituvchi yoki tarbiyachilar o‘quvchi xonadonida bo‘lganida oilaviy sharoiti tufayli farzandlarini kunlik ishlarga jalb etilganligini sabab qilib ko‘rsatishardi, – deydi Isroiljon Nishonov.

Andijon tajribasi qo‘llanmagan mamlakatimizdagi yuzlab muassasada o‘xshash bir muammo bor. Ya’ni, – kasbiy ta’lim muassasalarining aksariyatida moddiy texnika vositalari ma’nan eskirgan. O‘quvchilar ana o‘shalar asosida o‘qitiladi. Ammo ishlab chiqarish korxonasidagi uskuna hamda jihozlar takomillashib ketgani tufayli u yerga borgan o‘quvchi yana bir bor amaliy ta’lim olishga majbur edi.

Yana “Best Impex Textile” ga qaytaylik. Besh qavatli bino ishlab chiqarish zallariga eng zamonaviy uskunalar, tikuv mashinalari o‘rnatilgan. Bu yerda jami 2 ming ish o‘rni bor. Ammo...

– Hozirda 800 nafar ishchimiz bor xolos. Bizga yana 1200 ta ishchi zarur, – deydi korxona mutaxassisi Muzaffar Muhtorjonov.

“Nazariya va amaliyot bir maskanda” loyihasi qo‘llanayotgan Andijon tajribasi bu kabi muammoni hal etishiga shubha yo‘q. Gap tashabbusning izchil davom etishida.

Muallif: Muhammadjon Obidov,

Tasvirchi: Elyor Olimov.