English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijon shahridagi ko‘p qavatli uylar issiqlik energiyasi va issiq suv bilan ta’minlanadi
16:20 / 2023-02-12

Keyingi yillarda Andijon shahridagi ko‘p qavatli uylarning  issiqlik tizimi butunlay ishlamay qolganligi tufayli issiq suv ta’minoti ham to‘xtatilgan. Bunga «Issiqlik manbai» davlat unitar korxonasining Andijon shahar markaziy qozonxonasidagi jihoz va uskunlari hamda tarmoqning ma’nan eskirishi sabab bo‘lgan. Umuman, qariyb 15 yildan buyon markaziy qozonxona tomonidan shahardagi ko‘p qavatli uylar issiqlik energiyasi va issiq suv bilan ta’minlanmay kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 12 apreldagi “Andijon, Chirchiq, Buxoro, Samarqand va Toshkent (TS-8) shaharlarida markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimini rekonstruksiya qilish va energiya samaradorligini oshirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga asosan, “Jahon banki”ning mablag‘lari hisobidan 2019-2023 yillar mobaynida umumiy qiymati 24,5 million dollarga teng loyiha doirasida Andijon shahar RK-2 Markaziy qozonxonasi rekonstruksiya qilish, shahrdagi  1-, 2-, 3-, 4-, 5-kichik dahalar hamda “Mashrab” ko‘chasidagi jami 300 yaqin ko‘p qavatli uylar, 30 dan ortiq ijtimoiy tarmoq muassasalariga issiqlik energiyasi hamda issiq suv yetkazib berish ko‘zda tutilgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, loyiha bo‘yicha qurilish-rekonstruksiya ishlari davomida hududdagi 3 dona qozon hamda 27,5 kilometr uzunlikdagi issiqlik uzatish tarmog‘i almashtirilib, 373 ta individul issiqlik punkti o‘rnatiladi.

Belgilangan ishlar to‘rt bosqichda amalga oshiriladi. Ayni kunda 1-bosqich doirasida “Adolat Qurilish Servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati  tomonidan Rossiya Federatsiyasida ishlab chiqarilgan 6,4 kilometr uzunlikdagi temir quvurlar olib kelinib, 5-kichik dahada tarmoq tortish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, 2-bosqichda bajarilishi belgilangan ishlar doirasida “Bell-far Partners” mas’uliyati cheklangan jamiyati mutaxassislari tomonidan individul issiqlik punktlarini o‘rnatish uchun maxsus blok-konteynerlar o‘rnatish ishlari nihoyasiga yetkazilmoqda. 

Shu kunlarda 3- va 4- bosqich doirasida “China IPPR International Engineering Co.Ltd.” kompaniyasi tomonidan yangi qozonxona binosini qurish bo‘yicha yer ishlari bajarilmoqda, “Zavod NVA & Engineering Building” jamiyati tomonidan esa 3 kilometr uzunlikdagi yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘i montaj qilindi.

Bajarilayotgan barcha ishlar bevosita mutasaddi va mutaxassislar hamkorligida olib borilmoqda.

 

                               F. UBAYDULLAEV,

Z. UMRZOQOV (surat),

O‘zA