Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijon shahar hokimi vazifasidan ozod etildi
11:23 / 2019-08-26

Xalq deputatlari Andijon shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.


Xalq deputatlari Andijon shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirokida bo‘lib o‘tgan sessiya ishida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Ayni paytga qadar Andijon shahar hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Dilmurod Rahmatullaev egallab turgan vazifasidan ozod etilib, Bahromjon Nosirboevich Haydarov vaqtinchalik hokim vazifasini bajaruvchi sifatida tanishtirildi.

Bahromjon Haydarov mutaxassisligiga ko‘ra iqtisodchi. U 2018 yil fevral oyidan Andijon viloyati moliya bosh boshqarmasi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.