Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijon shahar bolalar shifoxonasining ta’mirlangan binosi ish boshladi
17:33 / 2021-10-20

Andijon shahar bolalar shifoxonasining 146 o‘rinli binosida qurilish va ta’mirlash ishlari yakunlanib foydalanishga topshirildi.

Mamlakatimizda keyingi yillarda aholi, xususan, onalar va bolalar  sog‘ligini muhofaza qilish, tibbiyot muassasalari uchun moslashtirilgan yangi binolar qurish, ularni ilg‘or va zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, keng ko‘lamli ishlar natijasida tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va saviyasi yuksalib, fuqarolarga qulayliklar yaratilmoqda. Jumladan, Andijon shahar bolalar shifoxonasining 146 o‘rinli binosi kapital ta’mirlanib, foydalanishga topshirilganligi ana shu yo‘nalishdagi ishlarning yorqin namunasidir.  

Ayni kunda 35 nafar shifokor, 194 nafar o‘rta hamda 64 nafar kichik tibbiy xodimlar faoliyat ko‘rsatayotgan mazkur bolalar shifoxonasi 204 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib tarkibida 10 ta bo‘lim, 7 ta bo‘linma mavjud. Shifoxonaning bir qismi 2018 yilda kapital ta’mirlangan. Ikkinchi davolash bo‘limi binosida esa joriy yilning yanvar oyida qurilish-ta’mirlash ishlari boshlangan edi.  

[gallery-4325]

– Barcha qulayliklarga ega tug‘ruq majmuasi qurilish-ta’mirlash ishlari hamda zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun qariyb 6 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi, – deydi Andijon shahar bolalar shifoxonasi bosh shifokori Bahodirjon Begmatov. – Natijada bolalar xastaliklarini erta aniqlash, samarali davolash, onalar va bolalarga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish barobarida aholiga katta qulaylik yaratildi.

Zamonaviy qiyofaga ega, keng va yorug‘, xonalari did bilan jihozlangan mazkur binoda shifokorlar va bemorlar uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan. Shifoxona davolash binosining ishga tushirilishi bilan Andijon shahrida ona va bola salomatligini muhofaza qilish borasidagi ishlar, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat samaradorligi yanada yuksaladi.

Yangi binoning ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etdi.

 

F. UBAYDULLAEV,

Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA