Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijon neft bazasi tomonidan iste’molchilarga 10,3 ming tonna avtobenzin va 12,3 ming tonna dizel yonilg‘isi yetkazib berildi
11:28 / 2021-06-22

“O‘zbekneftgaz”AJ tomonidan qazib olinayotgan va qayta ishlanayotgan neft mahsulotlarini sifatli saqlash, uni iste’molchilarga uzluksiz yetkazib berishda neft bazalarining roli muhim hisoblanadi.

Shu bois, "O‘zbekneftgaz" AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayevning topshirig‘iga binoan, neft bazalarida mahsulotlarni saqlash va sotishni shaffof yo‘lga qo‘yish orqali ko‘zlangan natijaga erishish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, "Andijon neft bazasi" MCHJ 1970 yildan buyon Andijon viloyati iste’molchilarini neft mahsulotlari bilan ta’minlab kelmoqda. Ayni paytda jamiyat tasarrufida 4 ta filial faoliyat ko‘rsatadi.

Bular:

• Asaka filiali;

• Poytug‘ filiali;

• Shahrixon filiali;

• Gurunch mozor filiali.

Jamiyat tomonidan 2021 yilning o‘tgan davrida iste’molchilarga:

• 10,3 ming tonna avtobenzin,

• 12,3 ming tonna dizel yonilg‘isi yetkazib berildi.

2021 yil yakuni bilan iste’molchilarga jami 25,1 ming tonna avtobenzin, 27,1 ming tonna dizel yonilg‘isi yetkazib berish rejalashtirilgan. Shu jumladan, davlat buyurtmasi asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilariga 18,0 ming tonna neft mahsulotlarini yetkazib berilishi kutilmoqda.

Hozirda mahsulot sotish hajmlarini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan marketing ishlari, viloyatdagi iste’molchilar, xususan, yirik tadbirkorlar bilan samarali muzokaralar olib borilishi natijasida avtobenzin savdolari o‘tgan oyning shu davriga nisbatan deyarli 2 barobarga oshib, kunlik realizatsiya 65-70 tonnani tashkil etmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati