French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijon mashinasozlik instituti Koreya universiteti bilan hamkorlik qiladi
18:03 / 2023-03-15

Andijon mashinasozlik instituti hamda Janubiy Koreyaning “Incheon National” universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ayni kunlarda Andijon mashinasozlik instituti rektori Umid Turdialiyev boshchiligida institut delegatsiyasi xizmat safari bilan Janubiy Koreya Respublikasida bo‘lib turibdi.

Ikki davlat oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash maqsadida institut rektori  “Incheon National” universiteti prezidenti Jong Taye Park bilan uchrashib, hamkorlik masalalari bo‘yicha muzokara o‘tkazdi.  

[gallery-10999]

Uchrashuvda ikki oliy o‘quv yurti o‘rtasida keng ko‘lamli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, magistratura mutaxasisliklari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar o‘rtasida tajriba almashish, birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borish, Andijon mashinasozlik institutida Koreys tilini o‘rgatish markazini ochish, shuningdek, ilmiy va ta’lim sohasidagi strategik sheriklik doirasida ilg‘or tajribalarni o‘rganish, xalqaro miqyosda integratsiyaviy aloqalarni rivojlantirish borasidagi masalalar muhokama etilib, hamkorlik memorandumi imzolandi.

Shuningdek, safar davomida institut rektori Ajou Motor kollejida bo‘lib, muassasa prezidenti Leye Soo Xun bilan uchrashdi. Unda ikki ta’lim muassasasi o‘rtasida avtomobilsozlik sohasi mutaxassislarini tayyorlash, talabalar va professor-o‘qituvchilarning tajriba almashuvini yo‘lga qo‘yish, Ajou Motor tajribasi asosida Andijon mashinasozlik institutida "Avtomobillar dizayni" laboratoriyasini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shundan so‘ng institut rektori Umid Turdaliyev kollejdagi o‘quv jarayonlari, laboratoriyalar, o‘quv-amaliyot markazlari, xususan, Avtomobil dizaynerlik laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.  Muassasada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashib, muloqot o‘tkazdi.  

F. UBAYDULLAEV, O‘zA