Andijon kortlari hamyurtlarimiz uchun omadli keldi
Avval xabar berganimizdek, Andijon shahrida erkaklar va ayollar o‘rtasida mukofot jamg‘armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi “Fyuchers” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Avval xabar berganimizdek, Andijon shahrida erkaklar va ayollar o‘rtasida mukofot jamg‘armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi “Fyuchers” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan turnirning finalida hamyurtimiz Sanjar Fayziyev musobaqaning birinchi raketkasi hisoblangan turkiyalik Sem Ilkelni 7:6, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, musobaqa bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning ayollar o‘rtasidagi bahslari ham hamyurtlarimizning muvaffaqiyati bilan yakun topdi. O‘zbekistonning birinchi raketkasi Sabina Sharipova final bellashuvida sloveniyalik Kaya Yuvanni 6:4, 6:2 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratib, turnir g‘olibiga aylandi.