Futbol bo‘yicha Osiyo chempionlar ligasi-2 musobaqasining g‘arbiy mintaqada uchinchi tur uchrashuvlari doirasida “B” guruhida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan “Andijon” o‘z maydonida Bahraynning "Al Xoldiya" jamoasini qabul qiladi.
Andijon shahridagi “Bobur-Arena” stadionida o‘tadigan ushbu uchrashuvda soat 18:45 da boshlanadigan o‘yinda "Andijon" qizil, raqib jamoa esa sariq futbol libosida maydonga tushadi. Uchrashuvni iordaniyalik Ahmad Yaqub Ibrohim boshqaradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Hamza Abdulmajid Yunis Sa’deh va Qais Ayman Issa Hames yordam beradi. Nurzatbek Abdikadirov (Qirg‘iz Respublikasi) esa to‘rtinchi hamak sifatida ishtirok etadi.

Mazkur guruhdagi ikkinchi o‘yin “Al-Ahli” va “Arkadag‘” jamoalari o‘rtasida soat 21:00 da boshlanadi.
Ayndi damda “B” guruhidan "Al Xoldiya" 4 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, “Andijon” va “Al-Ahli” 2 ochko bilan 2-3 pog‘onalardan joy oldgan. Hisobida yagona ochko bo‘lgan “Arkadag‘” klubi so‘nggi o‘rinda bormoqda.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA