Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Andijon” bugun “Al-Ahli” bilan o‘ynaydi
13:17 / 2025-10-01

Futbol bo‘yicha Osiyo chempionlar ligasi-2 musobaqasining g‘arbiy mintaqasida ikkinchi tur uchrashuvlari boshlandi.

Musobaqaning ikkinchi turi doirasida “C” guruhida “Ahal” – “Al-Husayn” jamoalari raqobatlashdi. Uchrashuvda mehmonlar 1:4 hisobida zafar quchdi.

Bugun, 1 oktyabr kuni Osiyo chempionlar ligasi-2 musobaqasi “B” guruhida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan “Andijon” jamoasi  o‘z maydonida “Al-Ahli” bilan raqobatlashadi. “Bobur-Arena” stadionida soat 18:45 da boshlanadigan uchrashuvda “Andijon” jamoasi qizil, mehmonlar esa oq libosda harakat qiladi.  

Ushbu guruhdagi ikkinchi uchrashuv “Al-Xoldiya” – “Arkadag‘” o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.  

Shuningdek, “Istiqlol” – “Goa”, “Istiqlol” – “Al-Muharraq”, “Al-Vihdat” – “Al-Vasl”, “Az-Zavra”  – “An-Nasr” uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA