Mamlakatimizda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini xalqaro kuzatuvchilar, xalqaro ommaviy axborot vositalari vakillari bevosita kuzatib bormoqda.
Toshkent shahridagi saylov uchastkalarida bo‘lib, jarayonni kuzatayotgan “Belarus segodnya” nashriyot uyi maxsus muxbiri Anastasiya Selyuk bilan suhbatlashdik.


– Bugun saylov jarayonlari boshlangandan keyin to‘rtta saylov uchastkasida bo‘ldim, – dedi A.Selyuk. – Barcha saylov uchastkalari aholi bilan gavjum, ularning ovoz berish jarayonlarini ko‘plab mahalliy va xalqaro kuzatuvchilar bevosita kuzatmoqda. Ya’ni, saylov ochiqlik asosida o‘tmoqda. Odamlarning kayfiyati a’lo darajada, saylovga nafaqat mas’uliyat bilan, balki bayram kabi yondashilmoqda. Aholining yuqori darajadagi faolligiga havas qildim, bundan o‘rnak olsa arziydi. Umuman aytganda, O‘zbekistonda saylov demokratik talablar asosida o‘tmoqda.
N.Abduraimova,
N.Haydarov (surat),
O‘zA