Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
An’anaviy «Toshkent yozi» reyting turniridan fotoreportaj
14:17 / 2025-08-17

Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida an’anaviy «Toshkent yozi» xalqaro reyting turniri davom etmoqda.

Musobaqada shaxmatchilar uchta guruhga bo‘lingan holda o‘z mahoratini namoyish etmoqda. 5 ta davlat va respublikamizning barcha hududlaridan kelgan 255 nafar mahoratli yosh shaxmatchi bellashuvlari qizg‘in o‘tayotgani shak-shubhasiz. 

“A” guruhida 1800 reyting ochkosidan yuqori qizlar va taklif etilgan shaxmatchilar qatnashayotgan bo‘lsa, “B” guruhida barcha xohlovchilar hamda “C” guruhida 2014 yil va undan kichik yoshdagi ishtirokchilar g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda. 

Kecha turnirning 3-turi bo‘lib o‘tdi. Tur natijalariga ko‘ra, «A» guruhida Muhammadrahim Abdullayev imkoniyatlardan to‘la foydalangan holda, 3 ta ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. «B» hamda «S» guruhlarida 10 nafardan shaxmatchi mag‘lubiyatsiz odimlamoqda. Dilnoza Nurullayeva, Diyora Xudoyberganova, Mohinur A’zamxo‘jayeva, Shahzodbek Hamzayev, Safarmurod Olloberganov, Asadbek Umaraliyev, Abdulaziz Baxtiyorov kabi yetakchilarning shashti baland.

[gallery-24796]

“Toshkent yozi – 2025” turniri 22 avgustga qadar davom etadi. 

Muhammad AMIN (surat), O‘zA