Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
An’anaviy “Toshkent qishi” reyting turniridan fotoreportaj
20:23 / 2023-01-12

Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida an’anaviy “Toshkent qishi” reyting turniri qizg‘in pallaga kirdi.

 216 nafar ishtirokchi “A” va “B” guruhlariga bo‘lingan holda, o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazayotgan turnirning 6 ta turi ortda qoldi. Uning natijalariga ko‘ra, Sherzod Samandarov (“A” guruhi) 6 imkoniyatdan 6 ochko jamg‘argan holda guruh peshqadami bo‘lib turibdi. Muhammadkarim Abdullayev, Mehriddin Yo‘ldoshev, Jo‘rabek Ibodullayev, Umarxon Faxriddinxo‘jayev hisobida esa 5 tadan ochko bor. Qizlardan  Asal Salimova ham 5 ochko jamg‘ara olgan. Hojiakbar Alijonov 6 imkoniyatdan 5,5 ochko jamg‘argan holda “B” guruhida yetakchilik qilmoqda. Mazkur guruhning yana 9 shaxmatchisi 5 tadan ochko olgan: Afruzbek Sobirov, Alan Isayev, Umarjon Bahodirov, Rahmonali Ne’matjonov, Firdavs Abdusamadov, Shohruhjon Jabborov,  Bunyod Sobirjonov, Bobur Jumayev, Alisher Abduqayumov. Qizlar orasida esa Mumtozbegim Sobirova bilan Dilnura G‘ofurjonova 4 tadan ochkoga ega.

Reyting turnirining g‘olib va sovrindorlari 14 yanvar kuni ma’lum bo‘ladi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA