Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
An’anaviy «Toshkent kuzi» reyting turnirida 7 ta tur o‘ynaldi
12:08 / 2024-10-13

Xalqaro shaxmat akademiyasida 336 nafar shaxmatchi «A» va «B» guruhlariga bo‘lingan holda, o‘z mahoratlarini namoyish etmoqda.

7 ta tur o‘ynaldi, yana 2 ta turdan so‘ng, g‘olib va sovrindorlar aniq bo‘ladi.  

«A» guruhida Biloliddin Obidov 6,5 ochko bilan guruhda yakka peshqadam bo‘lib oldi. Jamshid Shodiqulov, Shamsiddin Sayyid Usmon, Shahzodbek Xamzayevlar esa 5,5 ochkodan jamg‘argan holda keyingi o‘rinlarni egallab turishibdi. Qizlar o‘rtasida esa Mumtozbegim Mansurova 5,5 ochko jamg‘arib, g‘oliblik  sari intilmoqda.  

«B» guruhida Muhammadziyo Olimjonov 7 imkoniyatdan 7 ochko to‘plab, guruhning yakka peshqadami bo‘lib turibdi. Abdulaziz Baxtiyorov, Sa’dullo G‘aybullayev, Sultonmurod Xushnazarov, Jasur Rajabov, Habibullo Jo‘rayevlar 6 ochkodan to‘plashgan. Qizlar o‘rtasida esa Zarina Ne’matjonova 5 ochko to‘plab, peshqadam bo‘lib turibdi.  

[gallery-19718]

Turnirning g‘olib va sovrindorlari 14 oktyabr kuni ma’lum bo‘ladi.  

Alimurod Mamadaminov (surat), O‘zA