Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
An’anaviy «Toshkent kuzi» reyting turniri nihoyasiga yetdi
21:30 / 2024-10-14

Reyting turnirida 336 nafar shaxmatchi «A» va «B» guruhlariga bo‘lingan holda, o‘z mahoratini namoyish etdi.

Xalqaro shaxmat akademiyasida turnir g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

9 ta tur natijalariga ko‘ra, «A» guruhida Jamshid Shodiqulov 7,5 ochko bilan 1-o‘rinni egalladi. 2-o‘rin Biloliddin Obidovga nasib etgan bo‘lsa, Shahzodbek Hamzayev 3-o‘rin bilan kifoyalandi. 

[gallery-19738]

«B» guruhida Muhammadziyo Olimjonov 9 ta tur yakuni bo‘yicha 8 ta g‘alaba va bitta durangga erisha oldi. Muhammadziyo g‘oliblik shohsupasining eng yuqori pog‘onasidan o‘rin egallashga muvaffaq bo‘ldi. Habibullo Jo‘rayev hamda Sarvar Salohiddinov 7,5 tadan ochko to‘plab, 2-va 3-o‘rinlarni bo‘lishib oldilar.

«Toshkent kuzi» reyting turniri g‘olib va sovrindorlari diplom, medal, pul mukofoti hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA