Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
An’anaviy taekvondo bo‘yicha mamlakat kubogi boshlandi
13:14 / 2025-10-25

Toshkentdagi “Universal” sport majmuasida an’anaviy taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston kubogi boshlandi. Doimiy tarsda har yili kuz faslida o‘tkaziladigan mazkur musobaqada yurtimizning 9 ta viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidan kelgan 400 nafarga yaqin sportchi ishtirok etmoqda.

Musobaqa nizomiga ko‘ra, ishtirokchilar turli yo‘nalishlarda bellashmoqda. Shu bilan birga, AQSHdagi Professional taekvondo federatsiyasi bilan tuzilgan memorandum doirasida kombat taekvondo yo‘nalishi bo‘yicha ham ilk bor 5 ta vazn toifasida g‘oliblar aniqlanadi.

Shuni ta’kidlash lozimki, so‘nggi uch yil ichida an’anaviy taekvondo bo‘yicha milliy terma jamoamiz xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishdi. Xususan, Niderlandiyada o‘tgan jahon chempionatida Oleg Kim, Asilbek Saidnazarov va Temur Muhammadjonov chempionlik shohsupasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, yana ikki nafar sportchi sovrindor bo‘ldi.  

Shuningdek, jamoamiz turli mamlakatlarda o‘tkazilgan jahon kubogi va Gran-pri turnirlarida ham kuchlilar safidan muntazam o‘rin oldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA