English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
An’anaviy hunarmandchilik, dizayn va tadbirkorlik ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan seminar-trening
21:25 / 2024-05-15

FOTOREPORTAJ

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida YUNESKOning an’anaviy hunarmandchilik, dizayn va tadbirkorlik ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan seminar-treningni tashkil etildi. Trening nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish salohiyatini kuchaytirish, shu bilan birga madaniy va ijodiy sohalarni rivojlantirishga ko‘maklashishga yo‘naltirilgani bilan ahamiyatli. 

YUNESKO va O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi hamkorligida hamda viloyati hokimligi ko‘magida tashkil etilgan treningda Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridan 45 nafar tinglovchi ishtirok etmoqda. Ularga mamlakatimizning mahoratli usta va dizaynerlari va ekspertlari tomonidan mahorat saboqlari o‘tiladi.

[gallery-17424]

Mashg‘ulotlarda asosiy e’tibor an’anaviy kashtachilik, etnodizayn va jiyak to‘qish, madaniyat va hunarmandchilik sohasida tadbirkorlik va biznes ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

Ushbu tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad mahalliy aholi, jumladan, ayollar va yoshlarning an’anaviy madaniyat va biznesni rivojlantirish sohasida barqaror daromad olish va ish o‘rinlarini yaratish orqali ularning turmush darajasini oshirishdan iborat. Shuningdek, loyiha yurtimizda moddiy va nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish salohiyatini kuchaytirish, Ipak yo‘lidagi umumiy madaniy meros haqida xabardorlikni oshirish, jumladan barqaror merosga asoslangan turizmni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Seminar-trening 21 may kuniga qadar davom etadi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA