Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
An’anaviy arzonlashtirilgan yarmarkalar
17:17 / 2025-12-18

Yangi yil bayrami munosabati bilan ichki bozorni barqaror narxlardagi mahsulotlar bilan to‘ldirish maqsadida 2025 yil 15 dekabrdan 2026 yil 5 yanvarga qadar Namangan shahri va barcha tumanlar markazlarida arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkalari tashkil etildi.

Namangan shahrining Usmon Nosir ko‘chasida 15 dekabrdan bayram savdo yarmarkasi o‘z faoliyatini boshladi. Bu yerda barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini qulay narxda xarid qilish mumkin.

Savdo rastalari har kuni yangi va sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari — kartoshka, piyoz, go‘sht, guruch, o‘simlik yog‘i hamda bayram dasturxoni uchun eng zarur bo‘lgan noz-ne’matlar bilan muntazam to‘ldirib boriladi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA