Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Anak-Krakatau hududi atrofida avia parvozlar bekor qilindi
22:04 / 2018-12-27

Indoneziya fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi Anak-Krakatau vulqoni joylashgan hududdan oʻtadigan reyslar yoʻnalishini oʻzgartirdi.

Indoneziya fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi Anak-Krakatau vulqoni joylashgan hududdan oʻtadigan reyslar yoʻnalishini oʻzgartirdi.

Ushbu qarorning qabul qilinishiga vulqondan koʻtarilayotgan kulning atrofga tarqalish xavfi qizil darajaga yetgani sabab boʻlmoqda.

Anak-Krakatau vulqoni radiusi 5 kilometrni tashkil etadi.

Mamlakat hukumati kul tarqalishi inson hayoti uchun xavf tugʻdirmasligini taʼkidlamoqda. Oʻpka xastaligi va allergiyalar bilan kasallangan fuqarolarga niqob taqib yurish tavsiya etilgan.

Vulqon portlashi oqibatida krater (vulqon ogʻzi) qulagan. Bu holat Zond boʻgʻoziga kuchli toʻlqinlar urilishiga sabab boʻlgan edi.

– Tabiiy ofat oqibatida uyim, mol-mulkimdan ayrildim. Endi faqat hukumat yordamini kutaman, – deydi Indoneziya qirgʻoqlarida yuz bergan kuchli sunami oqibatida jabrlanganlardan biri.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Indoneziyadagi sunami oqibatida qurbonlar 400 kishidan, jabrlanganlar esa 1 ming 400 kishidan oshgan. Ofat oqibatida yuzlab uylar, mehmonxonalar, binolar yoʻq boʻlgan.

22 dekabr kuni hududga urilgan sunami oqibatida Yava orolidagi Pandeglang viloyati eng koʻp zarar koʻrgan.