Hamkorlarimiz sahifalarida O‘zbekiston
Turkiyaning “Anadolu” axborot agentligi 1995 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan “Ipak yo‘lida turizm” xalqaro sayyohlik yarmarkasi 30 noyabrdan 2 dekabrgacha Toshkentda 27-bor bo‘lib o‘tishi haqida yozgan.
Anjuman dasturiga ko‘ra, konferensiya, V2V uchrashuvi, davra suhbati, sayyohlik xizmati va hunarmandlik ko‘rgazmasi, O‘zbekiston hududlari sayyohlik salohiyati taqdimoti, gastronomik va boshqa turli tadbirlar o‘tkazilishi ta’kidlangan. Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi doirasida hozirgacha 15 mingdan ziyod muzokara olib borilgan, 9 mingdan ortiq hamkorlik shartnomasi imzolangani urg‘ulangan.
Shuningdek, tadbirga jami 23 mingdan ko‘p mehmon kelishi, jumladan, mingdan ziyod xorijiy mutaxassis ishtirok etishi, “Ipak yo‘lida turizm” O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyo mintaqasi sayyohlik sanoatida eng yorqin voqea ekani e’tirof etilgan.
Muharrama Pirmatova, O‘zA